🇺🇿🇩🇪Joriy yilning 4-6 fevral kunlari Germaniyaning Berlin shaxrida o’tkazilayotgan “Fruit Logistika 2026” ko’rgazmasi doirasida Oltiariq Agro Star MCHJ direktori U.Bozorov Amerikaning ARRA kompaniyasi seleksioneri “Grapa” kompaniyasi direktori SH.Karniel bilan uchrashuv o’tkazdi.
🍇Uchrashuv doirasida ARRA uzum navlarini O’zbekistonga olib kirish va ko’paytirish bo’yicha muzokaralar o’tkazildi.Ushbu kelishuvdan har ikki taraf manfaatdor ekanligi hamda urug’siz uzum ko’chatlarini yetishtirish bugungi kundagi jahon bozori talabi ekanligi ta’kidlab o’tildi.
🗓 Janob Karniel va uning jamoasi O’zbekistonga taklif qilindi hamda mart oyida O’zbekistonga kelishga kelishib olindi.
Eslatib o'tamiz,ushbu tashabbus Markaziy Osiyoda birinchisidir.