Gulfood 2026”: Oltiariq Agro Star global maydonda
🇦🇪 26-30 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sohasidagi dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri — “Gulfood 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashabbusi bilan 510 kv.m maydonda tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi orqali Oltiariq Agro Star kompaniyasi ham uzum mahsulotlari bilan qatnashdi.
🇺🇿 Milliy ekspozitsiya doirasida 5 ta yirik oziq-ovqat distribyutorlar hamda xalqaro xaridorlar va potensial hamkorlar bilan kelishuvga erishildi.
💵 “Gulfood 2026” doirasidagi ishtirok mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda “Made in Uzbekistan” brendini jahon bozorida yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
🔼Bu ilk qadam!!!
Oltiariq Agro Star Jahon bozoriga chiqish uchun dastlabki yurishni boshladi.