📆Joriy yilning 20-22 noyabr kunlari Amerikaning uzum yetishtirishda yetakchi kompaniyalaridan biri “ARRA” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi koordinatori Anna Sheveleva “Oltiariq Agro Star” MChJ taklifiga asosan,mamlakatimizga tashrif buyurdi.
✅ Tashrifning birinchi kunida,Anna Sheveleva bilan “UzAgroStar Holding”kompaniyasida muzokaralar o’tkazildi.Muzokaralarning dastlabki bosqichida,”ARRA” kompaniyasidan urug’siz va hosildor uzum ko’chatlarini sotib olish hamda O’zbekistonga olib kelib yetishtirish bo’yicha kelishuvga erishildi.
📌Muzokaralarning ikkinchi kunida,Anna Sheveleva Oltiariq tumaniga taklif qilindi.”Oltiariq Agro Star” MChJ tomonidan barpo etilayotgan Agrokompleksda joylashgan uzum plantatsiyalari va muzlatgich ombori hamda zamonaviy sug'orish tizimi mehmonda katta taasurot qoldirdi.
🤝Yanvar oyidan boshlab uzum ko'chatlari olib kelish bo'yicha harakatlar boshlanishiga kelishildi.