Prezident Administratsiyasi vakili “Oltiariq Agro Star” Uzumchilik agromajmuasiga tashrif buyurdi
2025-yil 4-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi vakili Bobur Botirovich Xodjayev “Oltiariq Agro Star” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan **“Uzumchilik agromajmua”**ga tashrif buyurdi.
✅ Tashrif davomida mehmonlar majmua hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
✅ “Agromajmua” doirasida amalga oshirilayotgan demonstratsion loyihalar bilan tanishtirildi, jumladan:
— “Uzumchilik o‘quv maktabi”;
— “Fitosanitariya laboratoriyasi”;
— 3,75 gektarlik uzumchilik plantatsiyasi;
— Jahon bozori talablariga javob beradigan, urug‘siz va kasalliklarga chidamli yangi uzum navlarini ko‘paytirish loyihasi;
— “Karantin xizmati”;
— Aholi tomonidan yetishtirilgan uzumni 2000 tonnalik muzlatgichli omborxonada saqlab, “UZ-GRAPE OLTIARIK” brendi ostida eksport qilish tashabbuslari.
✅ Qurilish maydoni bilan tanishuv yakunida Bobur Botirovich Xodjayev qurilish jarayonlari va loyiha amalga oshirilishida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan o‘z tavsiyalarini va ko‘rsatmalarini berdi.