Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 12 ta davlatga uzum eksport qilgan
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 29,5 ming tonna yangi uzilgan uzum eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14 ming tonnaga koʻpni tashkil etgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning 7 oyida eng koʻp yangi uzilgan uzum eksport qilgan davlatlar:
🇷🇺 Rossiya – 20,0 ming tonna
🇰🇿 Qozogʻiston – 7,3 ming tonna
🇰🇬 Qirgʻiziston – 1,4 ming tonna
🇧🇾 Belarus – 742 tonna
🇦🇿 Ozarbayjon – 41 tonna
🌍 Boshqa davlatlar – 47 tonna