Amerikaning mashhur “ARRA” kompaniyasi va “Oltiariq Agro Star” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
✅ Amerikaning taniqli uzum yetishtiruvchi va eksport qiluvchi “ARRA” kompaniyasining Italiyadagi hamkori “RKGrowers” kompaniyasi hamda “Oltiariq Agro Star” MCHJ o‘rtasida uzumning danaksiz navlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
📌 Muzokaralarda “Oltiariq Agro Star” MCHJning ishonchli vakili M. Nabiev Italiyadagi Turin shahridan bevosita, korxona rahbari U. Bozorov esa Rim shahridan onlayn tarzda ishtirok etdi.
🤝 Muzokaralarning dastlabki bosqichida mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilish, tuproq va suv tahlillarini o‘tkazish, Farg‘ona viloyati iqlimini o‘rganish va natijalarga ko‘ra uzum navlarini tanlab olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✈️ “RKGrowers” kompaniyasi direktori janob Karlo Lingua 2026 yil fevral oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkaziladigan meva-sabzavotchilik ko‘rgazmasiga taklif bildirdi.