“Oltiariq Agro Star” MCHJ fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va agrokomplekslar uchun uzumchilikka ixtisoslashgan agroservis xizmatlarini taqdim etadi. Xizmatlar uzumzor barpo etish, parvarish, o‘g‘itlash, sug‘orish, himoya, saqlash va qadoqlash jarayonlarini qamrab oladi.
Bizning Agroservis xizmatlarimiz quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🔹 Agronom maslahatlari va agrotexnik xizmatlar
- Tuproq tahlili, EC/pH monitoringi va oziqlantirish (fertigatsiya) tavsiyalari
- Uzumzor barpo etish, panjara (trellis) va buta shakllantirish/budash rejasi
- Sug‘orish, fertigasiyaga oid kalendar reja va hosil/sifatni oshirish bo‘yicha texnik yo‘l xaritasi
🔹 Texnika va uskunalar ijarasi
- Budash, purkash (opryskivatel), yig‘im-terim va saralash uchun uskunalar
- Trellis o‘rnatish jihozlari, sim-troslar va bog‘lash anjomlari
- Sug‘orish nasoslari, filtrlash tizimlari va dala jihozlari
🔹 Aqlli yechimlar va texnologik monitoring
- Masofaviy monitoring: sensorlar, ob-havo stansiyalari, kamera va telemetriya
- IPM (integratsiyalashgan himoya) tizimlari va biovositalar qo‘llanilishi
✅ Maqsadimiz: uzumchilik xo‘jaliklariga to‘liq agroservis ko‘rsatib, barqaror hosil, yuqori sifat va samaradorlikka erishish.